avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
20.12.2025 10:41
Buyuk ajdodimiz Imom Buxoriyning maqbarasi dunyo musulmonlarining ziyoratgohi bo’ladigan darajada mahobatli qilib ta’mirlandi.

Toshkent Islom sivilizatsiya markazi va Samarqand Imom Buxoriy majmuasi O’zbekistonni Islom dunyosidagi an’anaviy vaznini tikladi va asrlarga yetadigan qilib mustahkamladi.

Samarqand nafaqat dunyo musulmonlari uchun, balki dunyo sayyohlari uchun ham jozibali maskan ekanligi hisobga olinsa, yaqin yillarda Samarqand turistlar oqimi jiddiy o’sishiga tayyor bo’lishi kerak.

Samarqandga kelish, yodgorliklarga borish, yo’loldi xizmati, yodgorliklarda yo’lboshlovchilik va servis, mehmonxonalarda xizmat sifatini xalqaro darajaga yetkazish bilan bog’liq qisqa muddatli rejaga zarurat bor.

@alisherQodir
👍 63
🔥 22
35 4.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram