avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
05.12.2025 19:53
Milliy tiklanish” DP fraksiyasi 2026-yil davlat byudjetini qo’llab-quvvatladi.

2020-yilda byudjet daromadlari 158,9 trln. so‘m, xarajatlar 162,3 trln. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yil byudjetida daromadlar 509,8 trln. so‘m, xarajatlar 568,6 trln. so‘mdan oshmoqda. Bu 5 yilda erishilgan jiddiy o‘sish.

Byudjet daromadlarini shu sur’atda barqaror orttirib borish va xarajatlar samaradorligiga erishish asosiy maqsad bo’lishi kerak, deb hisoblaymiz.

Masalan, islohotlarning ustuvor yo‘nalishi – ta’lim-tarbiya sohasiga byudjetning 25 foizi yo‘naltirilayotganini olqishlaymiz. Inson kapitaliga investitsiya partiyaning dasturiy maqsadlariga mos keladi.

Lekin, o‘qituvchi malakasini oshirish davlat masalasi bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaymiz. O‘qituvchi o‘z fanida raqobatbardosh ekanligini isbotlashi shart, aksincha mehnat shartnomasi taklif qilinmasligi kerak. O’qituvchilar malakasini oshirish uchun ajratilgan 900 mlrd. so’mga yaqin mablag’ yangi avlod pedagoglarini tayyorlashga yo’naltirilishi mumkin. Maktabda raqobatbardosh o‘qituvchi bo‘lmasa, zamonaviy ta’lim-tarbiya bo‘lmaydi.

Yana bir misol, maktabgacha ta’lim sohasiga 20 trln. so‘m ajratilmoqda. Bu mablag‘ bolalarimizni milliy qadriyatlarimiz poydevorida qotirib olishga xizmat qilishi zarur. Shu maqsadda, bolalarni bog‘chalarda ko‘proq qamrab olish uchun oilaviy bog‘chalarga 4,7 trln. so‘m subsidiyalar ajratilmoqda.

Afsus, amaliyot shuni ko‘rsatmoqda, oilaviy bog‘chalarni ko‘pi statistika uchun tashkil qilingan. Oila bog‘chalarida bolani sog‘lom ovqatlantirish, tarbiyalash, didaktik rivojlantirish amalga oshmayapti, balki, ota-onalari ishda ekanligi uchun qo‘shnining uyida saqlab turilibdi, xolos. Ayrimlari esa faqat subsidiya olish maqsadida tuzilgan bo’lib, komissiya uchun faoliyat ko’rsatadi. Biz maqsadimizga erisholmayapmiz, o’zimizni o‘zimiz aldamasligimiz kerak.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar uchun 50 trln. so‘m ajratilmoqda. Davlat o‘z fuqarolarini og‘ir kasalliklar – onkologiya, endokrinologiya, OITS va bolalarni murakkab kasalliklari bilan kurashda yolg‘izlatib qo‘ymoqchi emas. Bu juda to’g’ri maqsad, taklifni ma’qulladik.

Lekin, davolashni biznesga aylanib ketayotgani islohotlar obro‘yiga zarar bermoqda. Shifokor pul emas, davolash haqida o‘ylashi kerak.

Sug‘urtalangan fuqaroga tibbiy xizmat tibbiy sug‘urta fondi bilan kafolatlanishi zarur. Buning uchun byudjetdan ajratilgan mablag‘ning asosiy qismi O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimini tezroq joriy qilishga yo‘naltirilishi zarur, deb hisoblaymiz. Byudjetdagi tibbiyot islohotlari uchun ajratilgan mablag’lar taqsimoti tibbiy sug’urta tizimini joriy qilishdan manfaatdorlikni past ekanligini ko’rsatmoqda (50 trln. so’mlik tibbiyot byudjetdan tizimni raqamlashtirishga 50 mlrd. so’m!!!).

“Milliy tiklanish” DP fraktsiyasi byudjet loyihasini qo’llab-quvvatlash bilan bir qatorda, ijrosini samaradorlik va natijadorlik nazari bilan muntazam nazorat qilib boradi.

@alisherQodir
Instagram
@alisherqodir.k
Milliy tiklanish” DP fraksiyasi byudjet loyihasini qo’llab-quvvatlash bilan bir qatorda, ijrosini samaradorlik va natijadorlik nazari bilan muntazam nazorat qilib boradi.
👍 52
🔥 12
🤔 4
8 3.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram