avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
13.11.2025 12:21
So‘nggi yillar dunyo siyosiy-iqtisodiy maydonida bo‘linishlar va manfaatlar uchun talash kuchayib, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘layotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo qanchalar murakkab vaziyatdagi mintaqa bo‘lishiga qaramasdan birlashdi.

Global inqirozlar ko‘p zarar beradi, lekin kam foydasiga ham ko‘z yumib bo‘lmaydi, bu kam foyda imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan, rivojlanayotgan davlatlarniki bo‘lishi mumkin.

Bozorlardagi silkinish, siljishlar, investitsiyalardagi alternativalar, avvaldan aytib bo‘lmas oqibatlar olib kelishi mumkin bo‘lgan yirik kuchlarni keskin raqobatidan foyda chiqarish uchun xalqning davlatchilik qobiliyati qonida bo‘lishi kerak. Markaziy Osiyo aynan shu izohda yaxshi namuna bo‘la oldi.

Yaqin o‘tmishda bir nonni bo‘lishib yegan, taqdiri yagona bo‘lgan
Markaziy Osiyoni bundan 10 yil avvalgi holini tasavvur qilib ko‘rish kifoya. Qo‘shnilar bir-biriga harbiy kuch bilan tahdid qilayotgan edi. O‘zaro savdo uchun halaqit berish yo‘llarini izlayotgan, chegara hududlarida qondosh-qarindosh bo‘lgan xalqlar bir-biriga ketmon ko‘tarib chopayotgan edi. Nima bo‘ldi-yu, qisqa vaqtda, mintaqa qudratli kuch markazlari uchun jozibali makonga aylandi?


Prezident Mirziyoyev aholi bilan uchrashuvlarda bir gapni takror-takror aytgan: O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan chet ellik, bu davlat qo‘shnilari bilan kelisholmas ekan, bizni qanday qabul qiladi, deb savol bermaydimi?

Chigal tugunlarga tugib tashlangan chegara masalalari, suv, energetika, transport, mehnat resurslari harakati, erkin savdo va qator boshqa masalalarda Prezident Mirziyoyev va mintaqa davlat rahbarlari tomonidan kuchli siyosiy iroda ko‘rsatilib, oltin o‘rta izlandi va topildi. Bu hammaga foydali bo‘lgan - mintaqaning jozibasini tikladi: mintaqada loyqa suvda baliq tutmoqchi bo‘lganlarning ovini kasodga uchratdi, sovetlarning kerak bo‘lganida ishlatish uchun ko’mib qo’ygan fitna bombalari birma-bir bartaraf qilindi. Bo‘lib tashlab boshqar, imperialistik konsepsiyasi mintaqada muvaffaqiyatsizlikka uchrashi uchun 100 yildan ham kam vaqt yetarli bo‘ldi. Markaziy Osiyo xalqlari uchun umumiy hisoblanadigan buyuk xoqon Istami teginning o‘giti ming yillar o‘tib yana o‘z isbotini topdi: bo‘lingan bebaraka bo‘ladi, birlashgan boshqaradi.

Rivojlangan dunyo tomonidan Markaziy Osiyo kelajakka umid bilan qarayotgan yosh aholi, hali yetarli baholanmagan yerosti va yerusti resurslari, global transport- tranzit imkoniyatlari, o‘sib borayotgan iste’mol bozori va zamonaviy taraqqiyotga chanqoq iqtisodiyotlardan iborat imkoniyatlar mintaqasi ekanligi tan olindi, Markaziy Osiyo plyus AQSH, Rossiya, Xitoy, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya formatlari fikrimizning isbotidir.

Endi bu imkoniyatlarni olib kelgan mintaqadagi ahillik va o‘zaro manfaatli hamkorlik muhiti boy berilmasligi uchun manfaatlar muvozanatini to‘g‘ri ta’minlash, Prezident Mirziyoyev ta’kidlaganidek, umumiy mintaqaviy qaror qabul qiladigan institutlar shakllantirilishi zarur.

Endi bundan buyon siyosiy-iqtisodiy muvaffaqiyat yoki zarar faqat mintaqaviy bo‘ladi, raqobat esa faqat sportda bo‘lishi mumkin. Sportda ham shunday raqobat qilaylikki, finallar bizsiz tasavvur qilinmasin!

@alisherQodir
Янги Ўзбекистон
Марказий Осиё янги давр остонасида
Марказий Осиё ўз тараққиётининг янги, тарихий аҳамиятга молик босқичига қадам қўймоқда. Бугун биз чинакам бирдамлик босқичига ўтяпмиз. Бизнинг минтақамизда узоқ йиллар давомида илк бор биргаликда олдинга қараб боришимиз учун пойдевор бўлиб хизмат қилаётган ўзаро ишонч, яхши қўшничилик ва ҳурмат муҳити шаклланмоқда.
👍 68
🔥 15
18 5.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram