avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
01.11.2025 12:32
​​Xitoyning Sayfu shahri — faylasuf Konfutsiy tug‘ilgan joy. Bugun Konfutsiy yurtida tong ottirdik, tushdan keyin qabrini ziyorat qilmoqchimiz.

Xitoy shaklan kommunistik, mazmunan kapitalistik bo‘lishi mumkin, lekin ma’naviy-mafkuraviy poydevori Konfutsiy ta’limotiga mustahkam tayangan. Kommunizmni ham, kapitalizmni ham ta’limotga uyg‘un bo‘lmagan o‘tkir qirralari sayqallanib bo’lgan. Bu Xitoyni ham iqtisodiy taraqqiyot, ham ma’naviy qudratga olib kelgan muhim jihat.

Xitoy Kommunistik partiyasi buni uddalagan. O‘rganishga harakat qilayotganimiz muhim jihat.

O‘zbekiston ham ming yillar mavjud bo‘lgan ma’naviy-mafkuraviy poydevori ustida qayta qad ko‘tarmoqda.

Avesto ta’limoti, Afrosiyob davlatchiligi, Bumin xoqondan Yusuf Xos Hojibgacha turkiy davlatchilik, muqaddas dinimiz Islom, imom Buxoriyning hadis sharhlari, Amir Temurning adolat va Alisher Navoiyning dunyoviy davlatchilik qarashlari O‘zbekiston davlatchiligining ma’naviy-mafkuraviy poydevori bo‘lishi kerak.

Bu nafaqat biz, balki butun turkiy dunyo uchun foydali bo’ladi.

Minglab yillik qadriyatlarimiz bilan bog‘liq meros turistlarni hayratga solish uchun, albatta, ishlatilishi mumkin, lekin avvalambor davlat va millat qaddini ko‘tarish, davlatchiligimizning ma’naviy-mafkuraviy asosi sifatida foydalanish uchun mustahkam tadqiqot va targ‘ibot tizimi yaratilishi zarur.

@alisherQodir
👍 75
🔥 15
🤔 5
😐 2
12 4.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram