avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
25.10.2025 09:45
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim — O‘zbekiston tashqi siyosatining navbatdagi g‘alabasi.

Bu bitim o‘zbek tadbirkorini YAIM hajmi 20 trillion AQSH dollariga teng bo‘lgan Yevropaning qimmat bozorlariga olib chiqadi, biznesni samarali boshqarish, ishlab chiqarishning yuqori standartlarini o‘rganish, pirovardida raqobatbardosh bo‘lishi uchun sharoit beradi. Bu xalqimiz uchun ish o‘rinlari, daromad, sifatli xizmat va mahsulotlar degani…

Qudratli iqtisodiy va siyosiy markazlarning birortasi bilan munosabatlarimiz yomon emas, aksincha, deyarli barchasi bilan ikki tomonlama e’tirof etilgan strategik muhimlik darajasidamiz. Bizga iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar va yangi texnologiyalar kerak, sheriklarimizga esa muhim resurslar va kalit geosiyosiy mintaqada ishonchli hamkor.

Qudratli davlatlar orasidagi qonli to‘qnashuvlarga aylanib ketayotgan raqobat strategik maqsadlari aniq, siyosatida sobitlikka erisha olgan davlatlar uchun imkoniyatga aylanishini O‘zbekiston yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.

So‘zsiz tanganing ikkinchi tomoni bor. Garchi avvalgidek bezbetlarcha bo‘lmasa ham g‘arb milliy ma’naviy va madaniy qadriyatlarimizni zaiflatish uchun kurashishda davom etadi. Iqtisodiy va siyosiy manfaatlar to’lqinida Yevropada avj olayotgan islomofobiya, kosmopolitizm (vatansizlik g‘oyasi), ijtimoiy o‘lchovlar, jumladan oila institutining inqiroziga olib kelgan chegarasiz erkinlik, muvozanatni buzib yuborayotgan gender qarashlar, bir tomonlama adolat tushunchasi, egoistik dunyoqarash shaklidagi illatlarni jamiyatimizga yuqtirish ustida aylanma yo‘llar bilan ishlashda davom etaveradi.

Umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda oila, vatan va millatni daromaddan ustun ko‘radigan qadriyatlarimizni saqlab
qolishimiz — davlatimiz va millatimiz uchun bor-yo‘qlik masalasi. O‘zbekiston faqat manfaatlar emas, ishonch va o‘zlikni qadrlaydigan, kerak bo‘lsa bu uchun kurashadigan davlat sifatida hurmat qozonib bo‘ldi, endi qadriyatlarga tayangan taraqqiyot yo‘lida jamiyatni ham bir yoqadan bosh chiqaradigan vaqti keldi.

Bizga faqat iqtisodiy manfaatlar, zamonaviy texnologiyalar va bilimlar kerak, boshqasi emas.

@alisherQodir
Telegram
Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi. — Подписано историческое Соглашение о расширенном партнерстве и сотрудничестве между Узбекистаном и ЕС. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 65
🔥 15
🤔 3
28 6.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram