avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
21.10.2025 17:08
Bugun Davlat rahbari tomonidan O‘zbekistonni raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida rivojlantirish masalalari bo‘yicha majlis o‘tkazildi.

Bu majlisda O‘zbek tilini yangi davrga olib kiradigan juda muhim topshiriqlar berildi. Jumladan, “O‘zbek tili korpusi” tashkil etiladi, 2026-yilning 1-yanvarigacha o‘zbek tilidagi barcha so‘z va emotsiyalar axborot bazasida jamlanadi va bu baza raqamli dunyoning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Endi raqamli dunyo o‘zbekchani o‘zbek kabi to‘liq tushunadigan bo‘ladi.

Ona tilimizning rivojlanishiga hissa qo‘shish—unda so‘zlashish, yozish, o‘qish va buni farzandlarimizga ham o‘rgatishimizdir!

Ona tilimizni qadrlaylik!

O‘zligini qadrlamagan millat hech qachon qudratli va qadrli bo‘lmaydi.

@alisherQodir
👍 79
🔥 26
🤔 2
38 5.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram