Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyoda qonli tortishuvlar sababi, chegara masalalarini hal qilishdagi fidoiyligi uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirgani bekorga emas.
Agar Turk dunyosining ota yurti Markaziy Osiyoda tinchlik, hamkorlik va qondoshlik muhiti bo‘lmaganida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) bugungi xalqaro maydondagi jiddiy ovozga aylanib borayotgan nufuzi bo‘lmas edi.
40 millionga yaqin xalqi bilan, turkiy dunyoning ma’naviy xazinasi bo‘lgan O‘zbekiston 2019-yilda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish va mintaqada muhitni o‘zgartirish orqali TDT nufuzini kuchaytirishga jiddiy hissa qo‘shdi.
TDT sammitida Prezident Mirziyoyev tomonidan bildirilgan
tashabbuslar amalga oshsa, tashkilot nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ma’naviy tarraqiyot yo‘lida ham birlikka erishadi.
Dunyo xalqlari adolatsiz kuchlini haq bo‘layotganidan iztirob chekayotgan bir vaqtda, kuchni adolatda ekanligi doimo shiori bo‘lgan turkiylarni bir-birini qo‘llashi va birlashishi juda chuqur ramziy ma’noga ega.
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram