Namangan safarimda bir inson bilan tanishib qoldim.
Isoqjon JamolovIchki ishlar vazirligining Maxsus maqsadli guruh (ОМОН) askari. 1999-yilda bir oilani garovga olib portlatib yubormoqchi bo’lgan terroristni ustiga yotib atrofidagi odamlar hayotini saqlab qolgan, natijada ikki qo’lini yo’qotgan qahramon vatandoshimiz!
Majruhlikka rozi bo’lmay oila qurib, uch farzandni tarbiya qilibdi, katta o’g’li O’tkirbek AQShning Garvard universiteti magistranti, ikkinchi o’g’li Abrorbek Ichki ishlar akademiyasi tinglovchisi, qizi Roxatoy Tibbiyot oliygohida talaba. Isoqjonning o’zi esa dehqon xo’jaligi yuritadi, meni hayratlantirgani, shu qo’llari bilan ketmon chopadi!
Fojiali voqeani so’rasangiz, samimiy: “…begunoh ayol va yosh bolalar o’limiga qarab turolmasdim” deyishidan to’lqinlanmay iloji yo’q!
Isoqjon kabi vatandoshlar bilan faxrlanishimiz, u kabi vazifasiga sadoqatli insonlarni maktablarning Tarbiya faniga mavzu qilishimiz lozim!
Isoqjonni partiyaga a’zo qildik. Kelgusi saylovlarda partiyamizning mahalliy kengashlarida deputatlikka nomzod bo’lishga taklif bermoqchiman.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram