avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
08.09.2025 16:37
Turkiya 2002-yildagi Jahon chempionatiga bitta ota va 22 ta o’g’il bo’lib borgan. Rivaldo, Ronaldo, Roberto Karloslari bor Braziliya bilan bir bosh baland o’ynab mag’lub bo’lishgan. Bronza uchun o’yinda esa Ronaldu Portugaliyasi va Raul Ispaniyasini mag’lub etgan Hiddink Koreyasini yengishgan.

Hozir qardoshlarda hamma narsa bor: top murabbiy, zo’r futbolchilar, sharoit, lekin ruh yo’qdek. Turkiya-2002 da bir butun ruh bor edi. Fotih Terim o’shanda “imperator” laqabini olgan.

Futbolga mas’ullarimiz milliy jamoani jangga tayyorlashdan ko’ra ko’proq yuz bilan yiqilmaslik haqida o’ylayotgandek taassurot uyg’onmoqda. Bunga Olimpiadadagi salbiy natija sabab bo’layotgandir? Lekin, Olimpiadada jamoa yaxshi o’ynadi, jamoaga yetarli sharoit yaratib berilganida, hatto natija ham bo’lishi mumkin edi.

Fikrimcha, xomxayollarni to’xtatib, Islom Ismoilovning U17siga o’xshagan bir butun, jangchi jamoa yaratish haqida o’ylash kerak. Bunday jamoa natija qilmasa ham hurmat ko’radi, lekin, istagi va imkoniyatlari turli darajada bo’lganlar bilan Amerika sayohatini o’zbek muxlisi kechirmasa kerak!

Milliy jamoa milliy g’ururimizga aylanib bo’ldi. Koreyaning Hiddingi yo’q, qaytib bo’lmasa ham kerak. Kapadze atrofida yosh bo’lsa ham jonu-jahdi bor o’yinchilarni yig’ib, jamoaviy ruh ustida ishlash kerak.

Bu meni muxlis fikrim! Qo’rqqanga qo’sh ko’rinaveradi, deydi xalqimiz. To’g’ri o’ylab tezroq qaror qilish kerak.

@alisherQodir
👍 132
🔥 32
🤔 3
😐 3
20 4.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram