avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
30.08.2025 20:00
Mustaqillik kuni munosabati bilan Davlat rahbarining an’anaviy ma’ruzasi jiddiy bayonot va eslatmalarga boy bo‘ldi.

Xavotir yaratishdan manfaatdor bo‘lgan chetdagi “siyosiy biznesmenlar” va yetti marta o‘lchamasa, yerga qadam qo‘ymaydigan o‘zimizning ehtiyotkorlarga yana bir bor, O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va ochiqlik siyosati ortga qaytmasligi eslatildi.

Turli inson, e’tiqod va dunyoqarash bo‘lishi mumkin, lekin yagona, inson va adolat ustuvor bo‘lgan O‘zbekistonda bir maqsad atrofida birlashadigan barqaror jamiyat qudratli davlat poydevori ekani ta’kidlandi: “Bu yurtda begona yo‘q, hammamiz yagona O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida birlashishimiz kerak!”

Vatansizlik va qadriyatsizlik targ‘iboti ta’siridagi yoshlarga murojaat: 700 mingga yaqin vatandoshlarimiz dunyoni turli burchaklaridan qaytib keldilar, ular hal qiluvchi mezon faqatgina daromad emas, balki vatandagi halovat ham ekanini anglash darajasida ulg‘aydilar. Bu bilan, hayotimizni tinch va to‘kin maskanda yashash, Vatanimizni shunday joyga aylantirish o‘zimizni qo‘limizda ekani, qolaversa, avlodlar oldidagi vazifamizligi eslatildi.

Xalqaro inqirozlar bo‘yicha ham qarashlar adolatli va sobit: jafokash falastinliklarni o‘z davlatiga ega bo‘lish yo‘lidagi intilishlari va afg‘on xalqining siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz!

Mustaqillik kuni faqat bayram emas, mustaqil bo‘lib yashash yo‘lidagi majburiyatlarimizni ham eslatadigan kun bo‘lishi kerak. Bu majburiyatlardan biri, davlatimizni qudratli qilish yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarish bo‘lishi lozim!

@alisherQodir
Telegram
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Яшасин Ўзбекистон давлати! Яшасин Ўзбекистон халқи! — Да здравствует наш родной Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана! Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 51
🔥 22
13 4.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram