avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
02.08.2025 18:19
Islomgacha bo’lgan davrda poytaxti Andijonning Marhamat tumanida bo‘lgan Dovon davlatini Xitoy maktablarida hozirgacha o‘qitishadi. Dovon davlati ahilligi, ayol-u erkak mohir jangchiligi, tog‘-u toshga qaramaydigan uchar otlari bilan birga, yuqori madaniyati va qadriyati hisobiga Xitoy imperiyasiga hech mag‘lub bo‘lmagan, aksincha ularni doimo xavotirda ushlagan.

Tuman ziyolilari, tarixiy faktlarga tayanib, yurtimizga bosib kelgan bosqinchilarni “marhamat” deb kutib olgan xiyonatkorlarning taklifi bilan qo‘yilgan Marhamat nomidan or qilishayotganini aytishmoqda.

Shu tumanda tug‘ilgan shoir Muhammad Yusuf ham bu masalada misralar bitgan ekan:

Har kimsa ham ot qo‘ysin o‘z uzlatiga,
Har kimga o‘z uyi aziz tomi bilan.
Zor qilmasin birovning «marhamat»iga-
Mingtepani ataylik o‘z nomi bilan.


Bir komissiya qarori bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan nom o‘nlab yillar o‘ylanyapti, lekin Dovon davlatining aniq joyi bo‘lgan noyob arxeologik hudud hech o‘ylamasdan, osongina sug‘oriladigan dehqonchilik uchun tarqatib yuborilgan, “hey” deydigan dovonlik yo’q…

Bosqinchilar qosh-qovog’iga tikilib, boshimizni silashdan umidvor bo’lib o’zligimizni kamsitdik, tahqirladik, “qahramonlarcha” voz kechdik, bunga majbur bo’lgandirmiz, lekin bu kunlarda ichimizdan o’zligimizga qoloqlik deb, besh so’m daromad uchun, inqirozdagi g’arb ma’naviyatini yoqlaydigan, kelajak avlodni ma’rifat, g’urur va jasoratga da’vat qiladigan tariximizni daromad bermaydigan serxarajat tashvish sifatida baholaydigan, qo’yavering kaltabinlarni, ularga chidash mumkin, rahbarlar paydo bo’la boshladi.

Tariximizdagi xatolarni takrorlamaslik uchun o’tmishimizni va o’zligimizni qadrlashni o’rganishimiz kerak.

@alisherQodir
Telegram
"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
🙏 "Mingtepa" haqida eshitganmisiz? Hududlarda o'rganishlar davom etmoqda. 🖥 MTDP | Telegram
👍 128
🔥 42
😐 2
🤔 1
62 19.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram