24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog’liq. Bu yerda nimadir noto’g’ri ishlayapti.
Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo’l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?
Qizilda o’tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo’yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur.
Davlat xizmat avtolariga alohida e’tiborni ta’qiqlash ham kechikkan qaror. Tartib hammaga bir bo’lish kerak.
40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish - juda to’g’ri taklif. Xatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham no’to’g’ri bo’lmaydi, deb o’ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo’lishi kerak.
Ichki ishlar tizimi xodimlarini tayyorlash bo’yicha tashabbus o’rinli va og’riqli muammo.
Bu sohada ishini yaxshi biladigan, o’qigan, har tomonlama jamiyatga namuna bo’ladigan qorako’zlar ishlashi kerak, vazirlikdagi mansabdorning jiyan yoki hamqishloqlari emas. Jamiyat formadagi xodimlar bilan faxrlanishi kerak.
Tartib hayotiy zarurat, u hammaga kerak. Lekin cheklovlar va jazolarsiz tartibni ta’minlash mumkin emas.
Ochiq va tahliliy ruhda o’tgan yig’ilishda Davlat rahbari bilan tavsiya va tashabbuslarni muhokama qildik. Qonunlarni o’zgartirish bo’yicha maslahatlashuvlarni boshlaymiz.
@alisherQodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram