avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
17.06.2025 19:00
O’zbekistonda islohotlar davom etadi. Davlatni qudratli, millatimizni farovon qilish uchun strategik maqsadlarga o’jarlik bilan, qanchalar qiyin bo’lmasin, bosqichma-bosqich erishiladi.

Dunyoda har kuni o’zgarayotgan realliklar, keskinlashib, urushlarga aylanib ketayotgan raqobat va yirik davlatlarning olib borayotgan ikki yuzli siyosati O’zbekiston oldiga yangi-yangi chaqiruvlar qo’ymoqda.

Odamlar yaxshiga tez ko’nikib, yomonni tez unutadilar. Atrofimizdagi inqirozlar savdo aloqalarimizga zarar berib, daromadimizni kamaytirayotgani, oqibatini bozorlar va odamlarning dasturxonida sezilmasligi uchun qilinayotgan mashaqqatli ishlarni albatta hamma ham ko’ravermaydi.

Masalan, yoz mavsumi uchun energiya iste’moli rejalanganidan 30 foizgacha ortib ketdi. Xonadonlarda elektromobildan konditsionergacha energiya iste’mol qiluvchi mulk 10 yil avvalgiga nisbatan 5 barobarga ortdi, bu yaxshi, turmush tarzini yaxshilanayotganidan dalolat. Lekin, alternativ energiya manbalaridan foydalanishga o’rganmasak, gaz yoqish hisobiga olinayotgan qimmat energiya qulaylikni qisqa vaqtda noqulaylikka aylantirib yuborishi mumkin.

Yoki, Isroil-Eron inqirozi oqibatida aviaqatnovlar masofasi 2-3 soatga uzaydi, xalqaro avtoyo’llar yopildi, eksport qiyinlashdi, import qimmatlashdi. Bu faqat uch kun ichida. Bir oy, yoki Rossiya-Ukraina inqirozidek yillab davom etsa, nima bo’ladi?

Nima qilish kerak? Ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlarimizni qo’llab-quvvatlash, resurslarni qadrlash bilan bir qatorda yagona xalq, birlashgan jamiyat sifatida muammolarni yechish yo’llarini topish va maqsadlarimizga erishishimiz kerak.

Bunday davrda rahbarlik birinchi navbatda mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Har bir rahbar avvalambor, bevosita vazifalarini yuqori samarali ijro qilishi, qoliplardan tashqari o’ylash va noan’anaviy, foydali qarorlar qabul qila olishi talab qilinmoqda.

Fraksiyani qo’shma majlisida masalani muhokama qildik. Barcha deputatlarimiz o’z hududlarida mahalliy deputatlar va faollarimiz bilan davlat dasturlari ijrosi, partiya saylovoldi dasturidagi maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun tashviqot va nazorat-tahlil ishlarini olib boradilar.

O’zbekiston taraqqiyotining burilish nuqtasida natija tarmoqlardagi boshqaruvning samarali harakati va to’g’ri qarorlariga bog’liq bo’ladi.

@alisherQodir
Telegram
"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
🙏 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida islohotlar natijadorligiga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektordan kelib chiqqan holda "Milliy tiklanish" partiyasi Markaziy kengashi va fraksiyasining qo'shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda galdagi vazifalar belgilab olindi. 🖥 MTDP | Telegram
🔥 41
👍 31
🤔 2
😐 1
11 4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram