O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi kamaygan, bunga 29 ta tumanda sanoat ishlab chiqarishini pasayishi sabab bo’lgan. Ularning 3 tasi Navoiy viloyatida.
Bugungi global silkinishlarni ko’p yomon tomonlari bilan birga, bir yaxshi tomoni bor – bozorlarda joy ochiladi, uddaburon ishlab chiqaruvchilar bu joylarni olish uchun imkoniyatga ega bo’ladilar, barcha yirik brendlar shunday tug’ilgan…
Navoiy viloyatidagi
“Muhtasham” mebel ishlab chiqarish korxonasi bu imkoniyatni anglab, ichki bozordagi o’rnini mustahkamlash bilan birga Rossiya, Tojikiston va Qirg’iziston bozorlaridan ham joy izlayapti, natijalar yomon emas…
Shu bilan birga, mebelsozlarimiz ichki bozorda zararli xomashyo hisobiga tannarxni arzon qilayotgan xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilishga majbur bo’lishmoqda. Masalani mutasaddilar bilan muhokama qilamiz..
Statistik ma’lumotlarga ko’ra,
Karmana tumanidagi Navoiy issiqlik energiya stansiyasida ishlab chiqarish pasaygan. Joyida masalani o’rgandik.
Korxona alternativ energiya ishlab chiqarish hajmini ortishi va tejamkor iste’mol hisobiga ishlab chiqarishni kamaytirgan. Bu qimmat energiya iste’molining kamayishi, alternativ energiya iste’molining ortayotganini, aholini tejamkorligi ortayotganini ko’rsatadi. Talab kamaysa, albatta, ishlab chiqarish kamayishi kerak. Energiyani omborda saqlab bo’lmaydiku.
Statistika buni ishlab chiqarish hajmini salbiy kamayishi sifatida qayd etmoqda. Energetika vazirligi va Statistika qo’mitasi yaxshi ko’rsatkichni yomon ko’rsatkichga aylantirib qo’yishgan. Faqat tadbirkorlar emas, davlat xizmatida ham o’zgarishlar kerak.
Keyingi haftada Hukumat bilan majlisimiz bor, aniqlik kiritib olish kerak bo’lgan masalalar yetarli…
Ertaga Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlarni tahlil qilamiz.
@alisherqodir
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram