avatar
Alisher Qodirov
@alisherQodir
04.03.2025 09:22
Tarix shunday bilimki, uni bilganlar imtihondan o’tadi. Haqiqat shuki, biz kechagina o’tgan kunlarimizni ham yetarli bilmaymiz.

O’tgan kunlaridan xulosa qilib, o’zini o’nglab olishga ulgurmagan xalqlarni kechirmaydigan kelajak oldimizda juda jiddiy imtihonlardan darak bermoqda.

Tarix institutini yillar tahlil qilib, muhit kutib, ikki ming nusxada nashr qiladigan kitoblarini odamlarga yetib borishini kutib o’tira olmaymiz, shunga o’xshagan podkastlar millionlab yoshlarimizga o’tmishimizdan to’g’ri xulosa chiqarib olishiga yordam berishi juda muhim.

@alisherQodir
YouTube
Akmal Ikromov kim? Akmal Ikromovga qanday baho beramiz? @QURULTOY
Jadidlar, umuman XX asr boshida yashagan o‘zbek oydinlari mavzusiga ko‘p e’tibor qaratamiz. Qurultoy ochilganidan buyon bu mavzuda ko‘p suhbatlar qilganmiz, yaqinda ham Mustafo Cho‘qay haqida gaplashdik. Bugun ushbu mavzuni davom ettirish niyatidamiz. Mehmonimiz — tarixchi olim Bahrom Irzayev. U kishi bilan bugun O‘zbekistonning ilk rahbarlaridan biri Akmal Ikromov shaxsiyati haqida gaplashamiz. 00:00 - Tizer 1:33 - Kirish 02:57 - Akmal Ikromov oʻzi kim? 8:29 - Siyosatga kirib borishi 12:55 - U jadidmi yoki komunist? 17:16 - Ularda juda katta rejalar bor edi 20:14 - Ular juda chiroyli vaziyatni tashkil qila olgan 26:00 - Akmal Ikromov shunday rahbar edi... 30:41 - Ular davlat uchun kurashgan 41:48 - Rus ziyolilari aytadigan gaplar toʻgʻrimi? 45:02 - Bugungi kunda Akmal Ikromovga qaratilgan xato fikrlar haqida 53:05 - Akmal Ikromovning qamoqqa olinishi 55:05 - Qiyofadoshlar mavjud boʻlgan 1:00:00 - Qatagʻon uchun aniq sabab nima edi? 1:04:51 - Ularni hokisor va mayus deb oʻylaymiz biroq... 1:14:03 - Xulosa 1:21:50 - Yakun Loyiha “Profsoyuz” PR-agentligi tomonidan yaratilgan Mavzu: Akmal Ikromov kim? Akmal Ikromovga qanday baho beramiz? Muallif va boshlovchi: Nodir Nishonov (@dervish_nod) Bosh ekspert va maslahatchi: Eldar Asanov Montaj ustasi: Odilbek Fayzullaev Ijrochi prodyuser: Mirdiyor Ayubov Mazkur podkast montaj jarayoni sunʼiy intellekt koʻmagida amalga oshirildi.
👍 61
😐 15
🔥 9
24 5.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Alisher Qodirov

7.2K
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Открыть в Telegram