CEO sifatida xodim tanlashda quyidagilarga qarayman:
- Qadriyatlarga mos keladimi?
- Mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladimi?
- O‘sishga ochiqmi yoki bahona izlaydimi?
- Jamoaga energiya beradimi yoki tortib oladimi?
Xodim tanlashda eng katta xato — faqat tajribaga qarash. Tajriba muhim, lekin yetarli emas. Ko‘nikmalar o‘rgatiladi, xarakter esa insonda yillar davomida shakllangan bo‘ladi. Buni o‘zgartirish qiyin. Yaxshi mutaxassisni o‘qitish mumkin. Lekin noto‘g‘ri qarashlarni o‘zgartirish juda qimmatga tushadi. Bitta noto‘g‘ri olingan xodim uning 10 baravar oyligiga teng, balki undan ham ko‘proq zarar yetkazishi mumkin.
Kompaniyada har bir bo‘lim va vazifaga "To‘g‘ri odam" tanlay olish juda muhim. Sababi bitta to‘g‘ri xodim ham biznesni tezlashtiradi. U oldingizga muammolarni hal qiluvchi yechim bilan keladi.
Bir to‘g‘ri xodim:
- 3 ta muammoni kamaytiradi;
- 5 ta jarayonni tezlashtiradi;
- va eng muhimi rahbarning vaqtini tejaydi.
Xulosa qilib aytganda, kompaniyangiz qanchalik tez o‘sishini xohlasangiz, shunchalik to‘g‘ri tanlov qiling. Chunki siz biznesni emas, aslida odamlarni boshqaryapsiz.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram