Social — Ochilish oldidan o‘tkazilayotgan simulyatsiya
Haqiqiy klinik tizimlarni keng miqyosda yaratish va sinovdan o‘tkazishga qaratilgan to‘liq ko‘lamli
tibbiy simulyatsiya loyihasi ishga tushirildi. 🩺
Bu —
Markaziy Osiyo uchun noyob amaliyot bo‘lib, mintaqada ilgari kuzatilmagan miqyosda amalga oshirilmoqda.
Central Asian University kampusida chinakam klinik muhitni aks ettiruvchi diagnostika markazi modeli — bo‘lajak klinikaning 1:3 o‘lchamdagi ishchi prototipi barpo etildi.
Bo‘lajak klinika kuniga
3000 nafargacha bemorni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Ushbu ko‘lamga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olti kunlik simulyatsiya o‘tkazilib, unda kuniga 1000 nafargacha bemorga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bu rasmiy ochilishdan avval tizimni
oldindan sinab ko‘rish, uning kuchli tomonlarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish va jarayonlarni takomillashtirish imkonini beradi.
Yuzlab ishtirokchilar, jumladan, talabalar, shifokorlar va professorlar real vaqt rejimida bemorlar bilan ishlamoqda.
Ushbu simulyatsiya nafaqat tizimni sinovdan o‘tkazadi, balki
talabalarga haqiqiy klinik sharoitga juda yaqin muhitda amaliy tajriba orttirish uchun ham noyob imkoniyat yaratadi.
Tizim va uning ishtirokchilari chidamliligini sinash uchun haddan tashqari yuklama, tizimdagi uzilishlar va vaqt taqchilligi kabi stressli vaziyatlar ataylab yuzaga keltirilmoqda.
Raqamli vositalar va markazlashgan boshqaruv tizimi orqali bemorlar oqimi, kutish vaqti va operatsion samaradorlik kabi asosiy ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida kuzatib borilmoqda.
Bunday simulyatsiya klinikaning muvaffaqiyatli ochilishi uchun zamin yaratishda muhim o‘rin tutadi.
🇷🇺 Версия на Русском языке
_____________________________________
Telegram Instagram*
Facebook* 🌐 akfamedlinesocial.uz
77 403 30 03
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram