avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
01.06.2026 10:23
Ba’zan yirik loyihaning eng muhim natijasi faqat erishilgan yutuqlarda emas, balki jamoa ish boshlashdan avval bera boshlaydigan savollarda namoyon bo‘ladi.

Bemor markaz bo‘ylab qanday harakatlanadi? Qaysi bosqichlarda yuklama ortadi? Shifokor qarorlarni qanday qabul qiladi? Raqamli tizim qanday ishlaydi? Jamoa haqiqiy ish sur’atiga qanchalik tayyor?

Social by AKFA simulyatsiyalari natijalari ushbu savollarga aniq javoblar, muhim ma’lumotlar va markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan oldin takomillashtirilishi zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha chuqur tahlil taqdim etadi.

Ushbu jarayonning bir qismi bo‘lgan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz: Social by AKFA jamoasi, Central Asian University, shifokorlar, talabalar, IT mutaxassislari, koordinatorlar va barcha ishtirokchilarga.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli kelajakdagi markaz faoliyati yanada samarali, puxta va bemorlar uchun qulay bo‘lishiga ishonamiz.

🇷🇺 Версия на Русском языке
_____________________________________

emojiTelegram Instagram* Facebook*

77 403 30 03
3
👍 1
6 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
26.05.2026 13:25
Social by AKFA loyihasini ishga tushirish oldidan yana bir muhim bosqichdan o‘tildi.

Simulyatsiyalarning ikkinchi bosqichida jamoa bo‘lajak diagnostika markazining real sharoitlarda qanday ishlashini sinab ko‘rdi: bemor yo‘nalishi, tizimga tushadigan yuklama, raqamli jarayonlar, klinik ssenariylar va shifokorlar faoliyati tekshirildi.

Klinik simulyatsiya orqali tibbiy jamoani saralashning yangi formati alohida sinovdan o‘tkazildi. Nomzodlar o‘zlarining klinik fikrlashi, muloqot qobiliyati, qaror qabul qilish tezligi va bo‘lajak markaz standartlari asosida ishlashga tayyorligini namoyon etdilar.

Ushbu loyiha Central Asian University uchun tibbiy ta’limning yangi bosqichiga namuna bo‘ldi: talabalar klinikaning realistik modeli ichida tahsil oladi, bemorlar bilan ishlaydi va tibbiyot tizimi amalda qanday yo‘lga qo‘yilganini ko‘radi.

Social by AKFA loyihasini ishlab chiqish ilmiy yondashuvga asoslangan: bo‘lajak markaz oldindan simulyatsiya tekshiruvidan o‘tkaziladi, jamoa ma’lumotlarni tahlil qilib, zaif jihatlarni aniqlaydi va modelni ishga tushirishdan avval takomillashtiradi.

🇷🇺 Версия на Русском языке
_____________________________________

emojiTelegram Instagram* Facebook*

77 403 30 03
🔥 3
👏 3
2
👍 2
15 3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
25.05.2026 12:32
“Social by AKFA” va Central Asian University bo‘lajak diagnostika markazining simulyatsion tadqiqotlari ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Ikkinchi bosqichning maqsadi – bo‘lajak klinikani to‘laqonli tibbiy tizim sifatida sinovdan o‘tkazish: ochilishidan oldin zaif jihatlarini aniqlash, raqamli infratuzilmani tekshirish, jamoani tayyorlash va Central Asian Universityʼda simulyatsion tibbiy ta’lim usullarini rivojlantirishdan iborat.

Ikkinchi bosqichda tadqiqotlar ikki yo‘nalishda olib borildi.

Jamoa bemorlar oqimi, yo‘nalishlar, ro‘yxatga olish, hamshiralar posti, maslahatlar va tizimga tushadigan umumiy yuklamani yanada chuqurroq tekshirdi. Ishtirokchilar shikoyat, anamnez va alomatlarga asoslangan realistik klinik ssenariylardan o‘tdilar, bu esa nafaqat bemor yo‘nalishini, balki klinik qarorlar algoritmlarini ham baholash imkonini berdi.

Shu bilan birga, ilk bor klinik simulyatsiya orqali tibbiy jamoani tanlab olishning noyob usuli qo‘llanildi. Nomzodlar cheklangan vaqt sharoitida standartlashtirilgan aktyor-bemorlar bilan ish olib borib, nafaqat o‘z kasbiy bilimlarini, balki klinik fikrlash qobiliyati, muloqot madaniyati va klinika standartlari asosida ishlashga tayyorligini ham namoyon etdilar.

Loyihada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan tahlildan faol foydalanildi. Tizim bemorning harakatlanish yo‘nalishini kuzatish, asosiy ko‘rsatkichlarni qayd etish, muloqotni tahlil qilish hamda nomzodlarning klinik fikrlashini baholashda yordam berdi.

Central Asian University uchun ushbu loyiha tibbiy ta’lim, klinik amaliyot va ma’lumotlar tahlili yagona jarayonga birlashgan akademik hamda tadqiqot maydoniga aylandi. CAU talabalari klinikaning realistik modeli ichida ishlaydi: bemorlar bilan muloqot qiladi, shikoyatlarni yig‘adi, anamnezni tahlil qiladi va klinik qaror butun tizimga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.


Loyiha klinik simulyatsiya O‘zbekiston tibbiyoti uchun muhim vositaga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda: u davolash muassasalarini ochishdan oldin operatsion jarayonlarni rejalashtirishga, shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga hamda talabalarni real amaliyotga tayyorlashga yordam beradi.

Loyihaning asosiy qimmati uning kompleks yondashuvidadir: tibbiy ta’lim, klinikani boshqarish, raqamli tahlil, sun’iy intellekt, bemor tajribasi va kadrlar tayyorlash yagona modelga birlashtirilgan. Bu bo‘lajak diagnostika markazini to‘laqonli tibbiy, texnologik va boshqaruv tizimi sifatida oldindan sinab ko‘rish imkonini beradi.

_____________________________________

emojiTelegram Instagram* Facebook*

77 403 30 03
🔥 3
👍 2
1
🥰 1
11 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
17.04.2026 15:48
Muhim tayinlov haqida mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz: Central Asian University Tibbiyot maktabi dekani, doktor Murodbek Ahrorov Social loyihasi bosh direktori etib tayinlandi.

Ushbu tayinlov Murodbek Axrorovning yuksak kasbiy salohiyati, boy boshqaruv tajribasi, amaliy klinik faoliyati hamda tibbiy ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. U Kanadadagi University of Alberta’da “Jarrohlik va jarrohlik ta’limi” (Surgery and Surgical Education) yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan, shuningdek, “El-Yurt Umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Bugungi kunda u Central Asian University Tibbiyot maktabi dekani sifatidagi faoliyati bilan bir qatorda, amaliyotchi LOR-xirurg sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Social loyihasi uchun aynan shunday — xalqaro bilim va tajribaga ega, zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalarini chuqur anglaydigan mutaxassis rahbarlik qilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, u bosh direktor lavozimini egallagan holda dekanlik faoliyatini ham davom ettiradi. Bu esa tibbiy ta’lim, klinik amaliyot va sog‘liqni saqlash tizimi rivoji o‘rtasidagi uzviylikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Murodbek Axrorovni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

_____________________________________

emojiTelegram Instagram* Facebook*

77 403 30 03
🔥 4
2
👍 2
34 3.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
16.04.2026 09:39
Central Asian University tomonidan oʻtkazilgan klinik amaliyotni simulyatsiya qilish loyihasi “Oʻzbekiston 24” milliy telekanalida yoritildi.

Unda tibbiy ta’limni yangi bosqichga olib chiqayotgan zamonaviy yondashuvlar, talabalarni puxta amaliy tayyorlash jarayoni hamda istiqbolda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Social diagnostika markazining sinov modeli asosiy e’tibor markazida bo‘ldi

#ozbekiston24 #social #akfa
🔥 3
2
10 440
avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
11.04.2026 11:11
CAU tibbiy ta’limda klinik amaliyotni to‘liq simulyatsiya qilish orqali innovatsion yondashuvni joriy etmoqda.

Universitetda ish jarayonlari, bemorlar oqimi va bo‘limlararo hamkorlik real klinikaga maksimal darajada yaqinlashtirilgan diagnostika markazining to‘liq modeli yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyiha qurilayotgan “Social” diagnostika markazi modelining 1:3 miqyosidagi prototipi sifatida amalga oshirilmoqda.

Simulyatsion sinovlar 6 kunlik ish rejimida, kuniga o‘rtacha 1000 nafar bemorni qamrab olgan holda tashkil etilmoqda. Jarayonga CAU talabalari, rezidentlar hamda amaliyotchi shifokorlar jalb qilingan. Bu esa yuqori yuklama, umumiy amaliyot shifokorlari ortiqcha bandligi, tizimdagi uzilishlar va favqulodda holatlarni real sharoitga yaqin tarzda modellashtirish imkonini beradi.

Simulyatsiyaning asosiy maqsadi - navbatlar qayerda shakllanishini, bemorlar oqimi qaysi bosqichda uzilishini, vaqt cheklovlari sharoitida shifokorlar faoliyati sifatini hamda tizimning favqulodda vaziyatlarga reaksiyasini aniqlashdan iborat.

Yig‘ilgan barcha ma’lumotlar tizimli ravishda tahlil qilinadi va simulyatsiya yakunlari bo‘yicha CAU alohida ilmiy tadqiqot e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

🇷🇺 Версия на Русском языке
_____________________________________

emojiTelegram Instagram* Facebook*

77 403 30 03
6
🔥 1
👏 1
614 1.7M
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
🇺🇿 Social by AKFA
@akfamedlinesocialuz
09.04.2026 09:49
Social — Ochilish oldidan o‘tkazilayotgan simulyatsiya

Haqiqiy klinik tizimlarni keng miqyosda yaratish va sinovdan o‘tkazishga qaratilgan to‘liq ko‘lamli tibbiy simulyatsiya loyihasi ishga tushirildi. 🩺
Bu — Markaziy Osiyo uchun noyob amaliyot bo‘lib, mintaqada ilgari kuzatilmagan miqyosda amalga oshirilmoqda.

Central Asian University kampusida chinakam klinik muhitni aks ettiruvchi diagnostika markazi modeli — bo‘lajak klinikaning 1:3 o‘lchamdagi ishchi prototipi barpo etildi.

Bo‘lajak klinika kuniga 3000 nafargacha bemorni qabul qilishga mo‘ljallangan.
Ushbu ko‘lamga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olti kunlik simulyatsiya o‘tkazilib, unda kuniga 1000 nafargacha bemorga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Bu rasmiy ochilishdan avval tizimni oldindan sinab ko‘rish, uning kuchli tomonlarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish va jarayonlarni takomillashtirish imkonini beradi.

Yuzlab ishtirokchilar, jumladan, talabalar, shifokorlar va professorlar real vaqt rejimida bemorlar bilan ishlamoqda.
Ushbu simulyatsiya nafaqat tizimni sinovdan o‘tkazadi, balki talabalarga haqiqiy klinik sharoitga juda yaqin muhitda amaliy tajriba orttirish uchun ham noyob imkoniyat yaratadi.

Tizim va uning ishtirokchilari chidamliligini sinash uchun haddan tashqari yuklama, tizimdagi uzilishlar va vaqt taqchilligi kabi stressli vaziyatlar ataylab yuzaga keltirilmoqda.

Raqamli vositalar va markazlashgan boshqaruv tizimi orqali bemorlar oqimi, kutish vaqti va operatsion samaradorlik kabi asosiy ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida kuzatib borilmoqda.

Bunday simulyatsiya klinikaning muvaffaqiyatli ochilishi uchun zamin yaratishda muhim o‘rin tutadi.

🇷🇺 Версия на Русском языке
_____________________________________

emojiTelegram Instagram*
Facebook* 🌐 akfamedlinesocial.uz

77 403 30 03
3
👏 1
6 868
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

🇺🇿 Social by AKFA

180
Social — O‘zbekistondagi birinchi ijtimoiy tibbiy startap bo‘lib, bepul, raqamli va profilaktik tibbiyot xizmatlarini jahon standartlari asosida taqdim etadi.

📍Toshkent | Alfraganus
☎️ +998-77-403-30-03
🌐 akfamedlinesocial.uz/uz
Открыть в Telegram