?Toshkent aeroportida navbatdagi bahorgi spotting-tur bo'lib o'tdi
25-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida an’anaviy tadbir — “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan sakkizinchi rasmiy spotting-tur bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Janubiy Koreya va Turkiyadan 50 ga yaqin aviaspotterlar ishtirok etdi. Hammasi bo'lib 100 dan ortiq ariza topshirildi.
Airspotterlar "Silk Avia", "Uzbekistan Airways", "MyFreighter", "Flynas", "Loong Air", "Air Astana", "FlyDubai", "Utair", "Somon Air", "Ural Airlines", "Aeroflot", "S7", "Air Arabia", "FlyKhiva", "SkyLine" va boshqa yo?lovchi hamda yuk tashuvchi aviakompaniyalarning uchish va qo?nishlarini suratga oldilar.
Anketalarni ko'rib chiqishda, avvalgi bosqichlarda bo'lgani kabi, bir nechta mezonlar — aviatsiya mavzulariga bag'ishlangan shaxsiy veb-sayt, blog yoki ijtimoiy media akkaunti mavjudligi, professional foto texnika, shuningdek, ixtisoslashtirilgan veb-resurslardagi nashrlar inobatga olindi.
Eslatib o?tamiz, O?zbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktabrda bo?lib o?tgan va bu hodisa O?zbekistonda rasmiy spottingning boshlab bergan edi. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspotting
ni rivojlan
tirish uchu
n shart-shar
oitlar yara
tish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.
Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram