Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida mahalla agentlari uchun maxsus iqtisodiy o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholi bandligini ta’minlash va hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada faollashtirishda mahalla agentlarining iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur seminarlar doirasida mahallalarning
“o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish mexanizmlari, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni kichik biznes subyektlariga yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida har bir mahalla agentini hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning amaliy bilim va tajribasini mustahkamlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
Ushbu o‘quv seminarlari mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Facebook* Instagram* Sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram