avatar
Agrobank Matbuot xizmati
@agrobankpress
20.04.2026 14:34
“Agrobank” — raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bilan yangi bosqich sari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 martdagi PQ-99-son qarori ijrosini ta’minlash, bank xizmatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy raqamli mahsulotlarni joriy etishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qarorda belgilangan vazifalar bilan bir qatorda, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tezkor, qulay va shaffof bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangi xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga ma’lumot berildi.

Shuningdek, “Agrobank” faoliyatini transformatsiya qilish orqali uni faqat moliyaviy institut emas, balki kompleks xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy servis ekotizimiga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.

Jumladan, agroxizmat zonalari orqali nafaqat moliyaviy xizmatlar, balki agronomik maslahatlar, resurs tejovchi texnologiyalar, raqamli yechimlar hamda turli servis xizmatlarini bir joyda taqdim etish mexanizmlari joriy etilmoqda.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Facebook* Instagram*
Sayt
👍 14
6
🔥 2
👏 1
🤔 1
16 2.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Agrobank Matbuot xizmati
@agrobankpress
20.04.2026 05:44
Ayni paytda Prezidentimizning 2026 yil 13 martdagi PQ-99-son qarori ijrosi, bank xizmatlarini takomillashtirish, yangi raqamli mahsulotlar hamda bank tizimidagi muhim yangilanishlar haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tadbirda bank oldiga qo‘yilgan maqsadlar, rejalar va tashabbuslar haqida ma’lumot bermoqda.

Tadbir yakunida “Agrobank” ATB hamda hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan memorandum imzolanadi.

Facebook* Instagram*
Sayt
👍 10
👏 2
1
🔥 1
😍 1
3 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Agrobank Matbuot xizmati
@agrobankpress
20.04.2026 05:33
Hurmatli kuzatuvchilar!

Agrobank ATB matbuot anjumanini jonli efirda tomosha qiling.

Jonli efir davomida Prezidentimizning 2026 yil 13 martdagi PQ-99-son qarori ijrosi, bank xizmatlarini takomillashtirish, yangi raqamli mahsulotlar hamda bank tizimidagi muhim yangilanishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Jonli efir — bizning rasmiy sahifamizda:
Instagram*
👍 6
🔥 1
👏 1
6 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Agrobank Matbuot xizmati
@agrobankpress
19.04.2026 17:15
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Sizni “Agrobank” ATB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 martdagi PQ-99-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Tadbirda bank tomonidan xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, zamonaviy raqamli mahsulotlarni keng joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bank faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Sana: 20-aprel
Vaqt: 9:30
Manzil: Botir Zokirov ko’chasi, 2A

Barchangizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Facebook* Instagram*
Sayt
👍 15
🔥 4
👏 2
1
17 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Agrobank Matbuot xizmati
@agrobankpress
17.04.2026 17:32
AGROBANK QISHLOQ XO‘JALIGI YO‘NALISHIDA XITOY XALQ RESPUBLIKASI YETAKCHI BANKLARI, OLIY TA'LIM VA ILMIY TEKSHIRISH MUASSASALARI BILAN O`ZARO HAMKORLIK ALOQALARNI YO`LGA QO'YMOQDA

Joriy yilning mart-aprel oylarida Agrobank Boshqaruvi, viloyat boshqarmalari hamda bosh ofis xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

Safar davomida Pekin va Urumchi shaharlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yetakchi moliyaviy muassasalar, ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib hamkorlik aloqalari o`rnatilmoqda.

🤝 Xususan, Agricultural Bank of China (ABC) hamda Agricultural Development Bank of China (ADBC) banklari tajribalari o`rganildi. Beijing Academy of Agriculture and Forestry Sciences akademiyasi bilan hamkorlik o`rnatildi. Shuningdek, Urumchi shahrida Bank of Xinjiang bankida Agrobank bosh ofisi va viloyat boshqarma xodimlari malakasi oshirilib tajribalari o`rganildi.

🎓 Delegatsiya a’zolari ABC, ADBC hamda Bank of Xinjian banklarining bosh ofislarida:
- Bank sohasidagi ilg‘or tajribalar;
- Agrar sektorni moliyalashtirish mexanizmlari;
- Risklarni boshqarish;
- Bank tizimida sun'iy intellekt;
- Muammoli kreditlar bilan ishlash yo‘nalishlarida tajribalari o`rganilib malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

📑 Xalqaro hamkorlik doirasida muhim kelishuvlarga erishildi:

🔹 Xinjiang Agricultural University hamkorlik shartnomasi imzolanib
- Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- Talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish;
- O‘zbekistonlik fermerlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔹 China Agricultural University (CAU) bilan o'qitish bo'yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik fermerlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔹 BASF akademiyasi bilan:
- Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish;
- Fermerlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- Sun’iy intellekt yechimlarini qo‘llash;
- Metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida memorandum imzolandi.

Ushbu tashrif Agrobank uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Facebook* Instagram*
Sayt
👍 14
5
🔥 2
👏 2
39 3.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Agrobank Matbuot xizmati
@agrobankpress
17.04.2026 13:26
Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida mahalla agentlari uchun maxsus iqtisodiy o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholi bandligini ta’minlash va hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada faollashtirishda mahalla agentlarining iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur seminarlar doirasida mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish mexanizmlari, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni kichik biznes subyektlariga yo‘naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar davomida har bir mahalla agentini hududlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning amaliy bilim va tajribasini mustahkamlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Ushbu o‘quv seminarlari mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Facebook* Instagram*
Sayt
👍 8
5
🔥 2
👏 1
10 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Agrobank Matbuot xizmati

14.1K
🏦 "Agrobank" ATB Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali.
📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tum., B.Zokirov 2A.
🌍 agrobank.uz
📬 matbuot-xizmati@agrobank.uz
Открыть в Telegram