Ijtimoiy tarmoqlarda “Sudya va bank mansabdorining noqonuniy harakatlari fosh etildi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Xabarlarda aytilayotgan holat yuzasidan “Agrobank” ATB Boshqaruvi farmoyishiga asosan bankning Komplayens nazorati, korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Yuridik departamenti mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Dastlabki o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, xabarlarda qayd etilgan korrupsion harakatlar “Agrobank” ATBning faoliyati va vakolatlari doirasiga taalluqli emasligi, “Agrobank” xodimi sifatida ko‘rsatilayotgan shaxs voqea sodir bo‘lgan vaqtda mehnat ta’tilida bo‘lganligi va hozircha noma’lum maqsadlar uchun Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudi sudyasiga pora berayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinganligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha 2026 yil 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi uchun aloqador shaxslarning aybdorlilik darajasi vakolatli organlar tomonidan qonuniy hal qilinguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqatish bankning ishchanlik obro‘siga, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va hamkor tashkilotlar oldidagi ishonch darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
“Agrobank” ATB o‘z faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qiladi hamda har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi.
Holat bo‘yicha bank tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan to‘liq va samarali hamkorlik ta’minlanmoqda. Xizmat tekshiruvi va tergov jarayonlari yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi.
👍25
🤔21
🔥6
👏5
❤2
🏆1
65 4.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
🏦 "Agrobank" ATB Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali.
📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tum., B.Zokirov 2A.
🌍 agrobank.uz
📬 matbuot-xizmati@agrobank.uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram