Nega uxlash oldidan miya “fikrlar fabrikasiga” aylanadi?
So’rovnomadagi uxlashga yo’l qo’ymaydigan yana bir muammo miyadagi o’y-fikrlar edi. Bugun shu haqida gaplashamiz.
Kun bo‘yi miyamiz minglab signallar (ish, telefon, muloqot, shovqin) bilan band bo‘ladi. Bu vaqtda ongimiz "tashqi rejim"da ishlaydi. Uxlashdan oldin esa miya tashqi stimullardan uziladi. Endi uning ixtiyorida faqat "ichki arxiv" qoladi. Shu paytgacha shovqin ostida qolib ketgan barcha o‘y-fikrlar, reja va xavotirlar navbatma-navbat yuzaga chiqadi.
Odatda bundan chalg’ish uchun telefonda o’yin o’ynaymiz yoki reels ko’ramiz. Natijada
kechagi postda aytilgan tuzoqqa tushamiz. Bu muammodan qutulishga yordam bermaydi. Aksincha tanamiz va miyamizni battar zo’riqtiradi.
Biz uxlamoqchi bo‘lganimizda, miya "xavfsizlik xizmati" kabi ishga tushadi va sizga "Mana bu ish bitmadi, ertaga bunga nima deysan, u nega bunday dedi?" kabi eslatmalarni yuboradi. U bu orqali sizni "himoya qilmoqchi" bo‘ladi. Miyangiz sizga dushmanlik qilmayapti, u shunchaki "ish jarayoni"ni yakunlay olmayapti xolos. Unga hammasi yaxshi degan signal yuborishingiz kerak.
Miyaga "o‘ylama!" deb buyruq berish olovga moy sepishdek gap, chunki bu buyruqning o‘zi ham miyada yangi fikrni uyg’otadi. Buning o‘rniga fiziologik usullardan foydalanish kerak.
Neyrobiolog
Andrew Huberman ta’kidlashicha, uxlash uchun tana harorati 1-2 darajaga tushishi shart. Faol fikrlash (miya metabolizmi) esa bosh sohasida qon aylanishini va haroratni oshiradi. Natijada tana soviy olmaydi va uyqu fazasiga o‘tolmaydi.
Bu muammodan samarali chiqish usuli to’g’ri nafas olishda. Uzun nafas olib chiqarish charchagan asabni sokinlashtiradi. Natijada yurak urishi sekinlashadi va miyaga "hamma narsa xavfsiz, uxlash mumkin" degan kuchli biologik signal yuboradi.
Bu uchun
4-7-8 texnikasidan foydalaning:
4 soniya burun orqali nafas oling
�� 7 soniya nafasni ushlab turing
8 soniya davomida og‘iz orqali sekin chiqarib yuboring
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram