So’rovnomada 6 minga yaqin kishi uyquga ketishga telefon va ijtimoiy tarmoqlar xalaqit berishini aytgan. Uyqudan oldin telefondan foydalanish zararligi haqida deyarli hamma gapiradi. Ko’pchiligimiz qisqa videolar ko’rib kechasi bilan uxlamasdan chiqamiz lekin nega biz buni to’xtatolmaymiz?
Million yillardan beri insonlar quyosh chiqishi va botishiga qarab yashab kelishgan, uyqu rejimi quyoshga qarab to’g’irlangan. Chunki quyosh nuri miyamizda melatonin (uyqu gormoni) ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Telefon bilan quyoshning nima aloqasi bor desangiz, telefon ekranidan chiqadigan nur bilan quyosh nurini miyyamiz farqlamaydi. Natijada kechasi telefonga qaraganingizda, miya: "Hali quyosh chiqib turibdi, uxlamaslik kerak!" degan signal oladi. Natijada melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi va siz uxlashni xohlasangiz ham, miyangiz "uyg‘oq" rejimida qolaveradi.
Uyqudan tortib turuvchi yana bir narsa esa “scrolling”. Ijtimoiy tarmoqlardagi cheksiz "lenta" miyada dofamin (zavq gormoni) chaqiradi. Miya bu oson zavqqa bog‘lanib qoladi. Uyqu esa "zerikarli" jarayondek tuyuladi. Siz "yana besh daqiqa" deysiz, lekin bu vaqt ichida miyangiz haddan tashqari zavqlanib, chuqur uyquga kirish imkoniyatini yo‘qotadi.
Bu tuzoqqa tushmaslik uchun uyqudan kamida 1 soat oldin telefondan foydalnishni to’xtating.
Agar telefon ishlatishga majbur bo‘lsangiz, kechasi ekranda "Night Shift" yoki "Blue light filter" rejimini doimiy yoqib qo‘ying. Bu miyaga zararni biroz kamaytiradi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi "lenta" tugamaydi, lekin sizning sog‘lig‘ingiz va asablaringiz tugashi mumkin. Bugun tunda o‘zingizga “Shu video mening ertangi kunimdan va energiyamdan muhimroqmi?" deb savol bering.
🏆1621
856 62K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram