* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
@Ziyovuddin_Paxtachi
30.06.2026 03:56
Bugun O‘zbekiston yoshlari uchun katta bayram

Bu — shunchaki sana emas. Bu — orzu qilayotgan, izlanayotgan, o‘rganayotgan va to‘xtab qolmayotgan minglab yigit-qizlarning kuni.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bildirilayotgan ishonch ularning mas’uliyatni his qilishida, o‘z salohiyatini namoyon etishida va yanada katta maqsadlar sari intilishida muhim tayanch bo‘lmoqda.

Barcha yoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklayman. Har biringizning harakatingiz va yutug‘ingiz mamlakatimiz kelajagi uchun muhim.

Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
2
2 1.1K
avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
@Ziyovuddin_Paxtachi
29.06.2026 14:41
#murojaatnoma

Hurmatli Paxtachi tumani aholisi!

 
 Yoz faslida havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining tez buzilishi, ichak yuqumli kasalliklari, ovqatdan zaharlanish, o‘tkir infeksion kasalliklar hamda issiq urishi holatlari ko‘payishi mumkin.
 
Shu munosabat bilan Sizlarni o‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligini asrash maqsadida quyidagi sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz:
✅ Faqat sifati kafolatlangan va yaroqlilik muddati o‘tmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiling.
✅ Tez buziladigan go‘sht, sut, baliq va tayyor taomlarni belgilangan haroratda saqlang, ko‘cha savdosidan xarid qilingan mahsulotlarni iste’mol qilmang.
✅ Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuving.
✅ Ovqat tayyorlashdan oldin va ovqatlanishdan avval qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuving.
✅ Faqat qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
✅ Ko‘chada sotilayotgan muzqaymoq, yaxna ichimliklar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ehtiyotkor bo‘ling.
✅ Issiq havoda uzoq vaqt to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida qolmang, ko‘proq suyuqlik iste’mol qiling.
✅ Bolalarni nazoratsiz suv havzalarida cho‘miltirmang. Faqat ruxsat etilgan va xavfsiz suv havzalarida cho‘miling.

Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuving. Zarur hollarda qaynatilgan yoki maxsus tozalash vositalaridan foydalaning. Bu ichak infeksiyalarining oldini oladi.

Mahsulot xarid qilishdan oldin uning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini tekshiring. Muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilmang.

Ovqat tayyorlashdan oldin va ovqatlanishdan avval qo‘llarni sovun bilan yuving. Oziq-ovqatlarni to‘g‘ri saqlang, yaxshi pishiring va sifatiga e’tibor bering. Shubhali mahsulotlarni iste’mol qilmang. Bu ovqatdan zaharlanish xavfini kamaytiradi.


Eslatma!
Agarda sizda yoki oila a’zolaringizda
Qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi belgilar kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan davolanmang. Darhol tibbiyot muassasasiga murojaat qiling.
 
Aziz fuqarolar!
Sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish — nafaqat o‘zingiz, balki farzandlaringiz va yaqinlaringiz salomatligini muhofaza qilishning eng muhim kafolatidir.
 
Salomatlik – eng katta boylik! Uni birgalikda asraylik!

Paxtachi tuman SEO va JS

Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
2
6 2.7K
avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
@Ziyovuddin_Paxtachi
29.06.2026 12:03
#savol_javob

Hujjatsiz yerlarga hisoblangan uch karrali soliqlar qanday tartibda qayta hisob-kitob qilinadi?


👉 OʻRQ-1153-son 15.06.2026-yil

Javob:
Soliqlarni qayta hisob-kitob qilish fuqarolarga ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, Soliq qoʻmitasi tomonidan markazlashtirilgan tartibda, “Soliq hisoblash” dasturidagi algoritmga oʻzgartirish kiritish orqali amalga oshiriladi.

Eʼtibor bering, OʻRQ-1153-son Qonun bilan uch karrali soliqlar 2020-yilning 1-yanvaridan 2024-yilning 1-iyuniga qadar boʻlgan muddat uchun bekor qilingan.

I qadam.
Birinchi navbatda, jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan hujjatsiz yerga 2020-yilning 1-yanvaridan 2024-yilning 1-iyuniga qadar hisoblangan uch karrali soliqlar 1 karrali stavkada qayta hisob-kitob qilinadi.

II qadam.
Soliq toʻlovchi tomonidan ushbu muddat uchun toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa, qayta hisob-kitob natijasida yuzaga kelgan ortiqcha summa 2024-yilning 1-iyunidan 2026-yilga qadar hisoblangan mol-mulk va yer soliqlariga toʻlov sifatida singdiriladi.

III qadam.
Agar soliq toʻlovchi 2024-yilning 1-iyunidan 2026-yilga qadar hisoblangan soliqlar boʻyicha ham toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan boʻlsa, yuzaga kelgan ortiqcha summa soliq toʻlovchining boshqa soliq turlaridan mavjud boʻlgan qarzdorliklariga singdiriladi.

IV qadam.
Soliq toʻlovchining boshqa soliq turlari boʻyicha qarzdorligi boʻlmasa, ortiqcha summa soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida ortiqcha toʻlov sifatida shakllanadi.

V qadam.

Ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.


Тelegram |Facebook* |Youtube| Instagram* |X| Threads
2
8 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
@Ziyovuddin_Paxtachi
29.06.2026 11:51
#ish_bor

👷‍♂️
Ishga taklif! Beton qo‘yuvchilar kerak

Paxtachi tumani Mojar mahallasi yo‘lini betonlash ishlari uchun beton qo‘yish ishiga fuqarolar ishga taklif etiladi.

✅ Qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin:
📞 77 200 99 21
📞 99 472 11 45
———
👷‍♂️ Ишга таклиф! Бетон қўювчилар керак

Пахтачи тумани Можар маҳалласи йўлини бетонлаш ишлари учун бетон қўйиш ишига фуқаролар ишга таклиф этилади.

✅ Қурилиш соҳасида ишлаш истагида бўлган фуқаролар қуйидаги телефон рақамлари орқали мурожаат қилишлари мумкин:
📞 77 200 99 21
📞 99 472 11 45

Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
7
38 8.6K
avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
Переслано от канала
29.06.2026 11:15
1
1 1.7K
avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
@Ziyovuddin_Paxtachi
29.06.2026 08:55
QOVUN PASHSHASI
 
O ‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan joriy yilning  8 – iyun kunidan 8 – iyul kuniga qadar hududlarda yetishtirilayotgan mevali bog‘larda uchraydigan . . .

👉
Batafsil

Biz👉
http://myurls.co/paxtachi
4 2.9K

PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy

12K
SAMARQAND VILOYATI PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy kanali

GUVOHNOMA MK 000266

Ma'lumotlardan foydalanilganda, kanal manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

Xabar yuborish uchun: @AdmistratorZIYObot
Открыть в Telegram