avatar
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
@Ziyovuddin_Paxtachi
29.06.2026 14:41
#murojaatnoma

Hurmatli Paxtachi tumani aholisi!

 
 Yoz faslida havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining tez buzilishi, ichak yuqumli kasalliklari, ovqatdan zaharlanish, o‘tkir infeksion kasalliklar hamda issiq urishi holatlari ko‘payishi mumkin.
 
Shu munosabat bilan Sizlarni o‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligini asrash maqsadida quyidagi sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz:
✅ Faqat sifati kafolatlangan va yaroqlilik muddati o‘tmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiling.
✅ Tez buziladigan go‘sht, sut, baliq va tayyor taomlarni belgilangan haroratda saqlang, ko‘cha savdosidan xarid qilingan mahsulotlarni iste’mol qilmang.
✅ Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuving.
✅ Ovqat tayyorlashdan oldin va ovqatlanishdan avval qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuving.
✅ Faqat qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
✅ Ko‘chada sotilayotgan muzqaymoq, yaxna ichimliklar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ehtiyotkor bo‘ling.
✅ Issiq havoda uzoq vaqt to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida qolmang, ko‘proq suyuqlik iste’mol qiling.
✅ Bolalarni nazoratsiz suv havzalarida cho‘miltirmang. Faqat ruxsat etilgan va xavfsiz suv havzalarida cho‘miling.

Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuving. Zarur hollarda qaynatilgan yoki maxsus tozalash vositalaridan foydalaning. Bu ichak infeksiyalarining oldini oladi.

Mahsulot xarid qilishdan oldin uning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini tekshiring. Muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilmang.

Ovqat tayyorlashdan oldin va ovqatlanishdan avval qo‘llarni sovun bilan yuving. Oziq-ovqatlarni to‘g‘ri saqlang, yaxshi pishiring va sifatiga e’tibor bering. Shubhali mahsulotlarni iste’mol qilmang. Bu ovqatdan zaharlanish xavfini kamaytiradi.


Eslatma!
Agarda sizda yoki oila a’zolaringizda
Qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi belgilar kuzatilsa, o‘zboshimchalik bilan davolanmang. Darhol tibbiyot muassasasiga murojaat qiling.
 
Aziz fuqarolar!
Sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish — nafaqat o‘zingiz, balki farzandlaringiz va yaqinlaringiz salomatligini muhofaza qilishning eng muhim kafolatidir.
 
Salomatlik – eng katta boylik! Uni birgalikda asraylik!

Paxtachi tuman SEO va JS

Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
2
6 2.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy

12K
SAMARQAND VILOYATI PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy kanali

GUVOHNOMA MK 000266

Ma'lumotlardan foydalanilganda, kanal manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

Xabar yuborish uchun: @AdmistratorZIYObot
Открыть в Telegram