#savol_javob
Hujjatsiz yerlarga hisoblangan uch karrali soliqlar qanday tartibda qayta hisob-kitob qilinadi?
👉 OʻRQ-1153-son 15.06.2026-yil
Javob:
Soliqlarni qayta hisob-kitob qilish fuqarolarga ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, Soliq qoʻmitasi tomonidan markazlashtirilgan tartibda, “Soliq hisoblash” dasturidagi algoritmga oʻzgartirish kiritish orqali amalga oshiriladi.
Eʼtibor bering, OʻRQ-1153-son Qonun bilan uch karrali soliqlar 2020-yilning 1-yanvaridan 2024-yilning 1-iyuniga qadar boʻlgan muddat uchun bekor qilingan.
I qadam.
Birinchi navbatda, jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan hujjatsiz yerga 2020-yilning 1-yanvaridan 2024-yilning 1-iyuniga qadar hisoblangan uch karrali soliqlar 1 karrali stavkada qayta hisob-kitob qilinadi.
II qadam.
Soliq toʻlovchi tomonidan ushbu muddat uchun toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa, qayta hisob-kitob natijasida yuzaga kelgan ortiqcha summa 2024-yilning 1-iyunidan 2026-yilga qadar hisoblangan mol-mulk va yer soliqlariga toʻlov sifatida singdiriladi.
III qadam.
Agar soliq toʻlovchi 2024-yilning 1-iyunidan 2026-yilga qadar hisoblangan soliqlar boʻyicha ham toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan boʻlsa, yuzaga kelgan ortiqcha summa soliq toʻlovchining boshqa soliq turlaridan mavjud boʻlgan qarzdorliklariga singdiriladi.
IV qadam.
Soliq toʻlovchining boshqa soliq turlari boʻyicha qarzdorligi boʻlmasa, ortiqcha summa soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida ortiqcha toʻlov sifatida shakllanadi.
V qadam.
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.
Тelegram |Facebook* |Youtube| Instagram* |X| Threads
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram