🇺🇿
"Yoshlar bilan ishlash kuni" doirasida profilaktik suhbat o‘tkazildi
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda e’tiborsiz qoldirmaslik bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida haftaning har payshanba kuni
"Yoshlar bilan ishlash kuni" etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyati IIB JXX JTSB maxsus qabulxona boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh. Allanov tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda turli huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish hamda jamiyatda faol va mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.
Biz👉 http://myurls.co/paxtachi
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram