avatar
Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Переслано от Yulovchi.uz
вчера, 14:53
#Yoʻlovchi #OchiqMuloqot

“Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yurtimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalarning yo‘l harakatidagi mas’uliyatini oshirish, ayniqsa yoshlar orasida zamonaviy va yuksak yo‘l madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, avtoblogerlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini keng targ‘ib etish, jamoatchilik e’tiborini dolzarb muammolarga qaratish hamda foydali va ta’sirchan kontentlar orqali aholining huquqiy va yo‘l madaniyatini oshirish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.


Bizning sahifalarimiz:

Obuna bo'ling

Telegram Instagram* Facebook*
32
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Andijon yoshlari | Yoshlar ittifoqi

658
🇺🇿 Andijon yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi

Biz bilan aloqa:

📞 +998883245511
📝 @yoshlarmurojaatian
Открыть в Telegram