#Yoʻlovchi #OchiqMuloqot
“Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida
“Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yurtimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalarning yo‘l harakatidagi mas’uliyatini oshirish, ayniqsa yoshlar orasida zamonaviy va yuksak yo‘l madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, avtoblogerlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini keng targ‘ib etish, jamoatchilik e’tiborini dolzarb muammolarga qaratish hamda foydali va ta’sirchan kontentlar orqali aholining huquqiy va yo‘l madaniyatini oshirish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.
Bizning sahifalarimiz:
Obuna bo'ling
Telegram Instagram* Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram