avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
10.04.2026 14:05
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (152-son, 08.04.2026 y.) bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqland
i.

Nizomga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum o‘quvchilari, yoshlar, talabalar hamda band bo‘lmagan aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi.

Nizomga ko‘ra, Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan har yili 1 martga qadar (shu kuni ham) elektron platforma orqali tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

emoji Tanlovda:

▪️ 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band bo‘lmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;
▪️ 2-bosqichda – texnikum o‘quvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan har bir kasb kesimida 1–3-o‘rin egalari;
▪️ 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan har bir kasb kesimida 1–5-o‘rin egalari ishtirok etadi.


Tanlov tegishli kasb bo‘yicha moddiy-texnik bazasi mavjud bo‘lgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda o‘tkaziladi.

emoji Tanlovning 3-bosqichi g‘oliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari BHMning quyidagi miqdorlarida 1 martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

▫️ 1-o‘rin (oltin medal) sohibiga – 20, amaliyot ustoziga – 100 baravari;
▫️ 2-o‘rin (kumush medal) sohibiga – 15, amaliyot ustoziga – 80 baravari;
▫️ 3-o‘rin (bronza medal) sohibiga – 10, amaliyot ustoziga – 60 baravari.

�� Tanlovning 3-bosqichi g‘oliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi berilad
i.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
12
🎉 11
🥰 10
👍 9
🤩 7
1 22.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram