Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yigʻilish
oʻtkazdi.

Jumladan,
2026-2027 oʻquv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan
yoshlarga bir qator
imtiyoz hamda
kafolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Endilikda muddatli
harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida
oliygohlarga oʻqishga kirib,
masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratilmoqda.
Shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan
askarlarga esa
foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi. Eng muhimi,
oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga
zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Namunali xizmat oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi oʻrinni egallagan askarlarni
test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.

Joriy etilayotgan
imtiyozlardan yana biri – askarlar uchun
harbiy xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik oʻquv kurslari tashkil etilib, ularga davlat namunasidagi maxsus sertifikat beriladi.
Ijtimoiy
tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram