�
Oʻzbekistonda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi va qatʼiy tizimi joriy etilmoqda
Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi "Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–51-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-mayidan boshlab aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan o‘zgara
di.
Endilikda Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning muddati o‘tib ketsa, tizim ularni avtomatik ravishda yuqori turuvchi organga o‘tkazadi. Murojaatlar
"shoshilinch", "odatiy" va
"maslahat talab qiluvchi" toifalariga ajratilib, nazoratga qaytarilgan masalalar
3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, davlat organlari rahbarlari va hokimlarning murojaatlar bo‘ycha hisobotlari har chorakda Parlament va mahalliy kengashlarda eshitib boriladi. Murojaatlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi ijrosi holati hamda fuqarolarning e’tirozlari o‘rganilib, bu ko‘rsatkichlar tashkilotlar faoliyatining samaradorlik reytingida aks ettiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram