O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori...
Qarorga muvofiq:
— Jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi mahkumlarni zamonaviy raqamli kasblarga o‘qitish va ozodlikka chiqqanidan so‘ng ularning bandligini ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
— Mahkum yoshlarni AT sohasiga yo‘naltirish maqsadida muassasalarda «Unicon-Soft» MCHJ tomonidan maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi va zamonaviy kompyuter sinflari barpo etiladi.
— O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga tegishli sertifikatlar beriladi hamda ularga ozodlikka chiqqanidan so‘ng masofaviy ishlash (frilans) yoki soha bo‘yicha ishga joylashishda ko‘maklashiladi.
— Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yolg‘iz yoshlarning ijtimoiy muammolari, shu jumladan, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganilib, ularni vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab ch
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram