avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
30.03.2026 14:19
Ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibot jadallashtiriladi

“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 25.03.2026 y.) qabul qilind
i.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:

�� 2026-2027 yillar davomida respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
�� 2030 yilgacha respublikaning har bir hududidagi “yashil” texnikumlarda 10 000 nafar o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash uchun ekologik ta’lim va ilmni yanada rivojlantirish.
�� 2026–2028 yillarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy daraja olgan nomzodlar sonini 150 nafargacha yetkazish.


2026/2027 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari “yashil” texnikumlar sifatida qayta tashkil etiladi hamda ularda hududning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib, sohalar uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

“Yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishuv asosida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Universitet) ga biriktiriladi.

Shuningdek, “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya hamda “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
17
👍 16
🤩 15
🥰 13
🎉 10
12 22.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram