“Life N Style” jurnali: O‘zbekiston — vaqt va makon uyg‘unlashgan sehrli manzil
Bahraynning ommabop “Life N Style” jurnalining navbatdagi sonida O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati va qadimiy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston: sizdan oldin yetib boradigan manzil” sarlavhali keng qamrovli maqola chop e
tildi.
Maqola muallifi
O‘zbekistonni shunchaki geografik nuqta emas, balki
inson ruhiyatiga asta-sekin singib boruvchi, o‘ziga xos havosi va
asriy madaniyati bilan
maftun etuvchi makon sifatida taʼriflaydi.
Nashrda
Samarqand, Buxoro va
Xiva kabi tarixiy shaharlarning
meʼmoriy qiyofasi falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonga qilingan
sayohat inson xotirasida faqat manzaralar emas, balki issiq tandirdan chiqayotgan non isi va
Registon gumbazlarida aks etgan ilk quyosh nurlari kabi unutilmas lahzalar bo‘lib qolishi taʼkidlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram