avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
26.03.2026 20:33
Janubiy Koreya: “Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni” ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi

Dastlab spikerlar so‘z olib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. B2B uchrashuvlar esa kelajak hamkorliklari uchun mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qildi va yangi tanishuvlar, yangi rejalarga ulanib ketdi.

Savol-javob jarayoni ayniqsa jonli o‘tdi — yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni dadil berib, amaliy va aniq javoblar olishdi. Bu esa ularning ichki ishonchini yanada mustahkamladi.

Madaniy dastur esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi — kuy-qo‘shiqlar qalblarni birlashtirdi, muhitni yanada iliq va samimiy qildi.

O‘ylaymizki, marafon ko‘tarinki ruhda, do‘stona va samimiy muhitda o‘tib, har bir ishtirokchi qalbida unutilmas taassurot qoldira oldi.

Barcha suratlarni tomosha qilish

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
👍 27
🔥 19
💯 16
🎉 12
10
35 18.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram