avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
26.03.2026 12:05
O‘zbekistonda daraxt ekkanlarga “ekofaol fuqaro”dan tortib “metsenat”gacha bo‘lgan maqom va mukofotlar beriladi

O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etayotgan fuqarolar va biznes vakillarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezidentga ekologik tashabbuslar taqdimoti chog‘ida ma’
lum bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, loyiha ishtirokchilari uchun ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shgan hissasiga qarab maxsus maqomlar berish ko‘zda tutilgan. Misol uchun, 100 tup daraxt ekkan yoki „yashil“ xayriya jamg‘armasiga 10 mln so‘m xayriya qilgan fuqarolarga „ekofaol fuqaro“ maqomi beriladi. 1000 tup daraxt ekkan yoki jamg‘armaga tegishli miqdorda mablag‘ o‘tkazgan tadbirkorlarga esa “ekohamkor” maqomi beriladi.

O‘z mablag‘lari hisobidan 5 mlrd so‘m xayriya qilgan yoki 5000 ga yaqin ko‘chat ekkan hamda bog‘lar tashkil etishda faol ishtirok etgan fuqarolarga “metsenat” maqomi beriladi. Bundan tashqari, eng faol ishtirokchilar uchun davlat mukofoti ham ko‘zda tutilgan.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘z mablag‘lari hisobidan kamida beshta yashil bog‘ tashkil etishda faol ishtirok etgan fuqarolarni „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
🔥 24
13
👍 13
🎉 12
😍 8
1 21.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram