avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
26.03.2026 09:57
O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘z pozisiyalarini mustahkamlamoqda

The Heritage Foundation bahosiga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda davlat ishtirokining darajasi jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan pa
st.

emoji Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 184 ta davlat orasida 86-o‘rinni egallab, 60,3 ball to‘pladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,3 ballga yuqori. Mazkur natija "asosan erkin iqtisodiyot" toifasiga mos keladi. Umumiy ball bo‘yicha O‘zbekiston nafaqat jahon o‘rtacha darajasidan (59,9), balki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi o‘rtacha ko‘rsatkichidan ham (58,6) yuqori natija qayd etdi.

Subindekslar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston 12 ta yo‘nalishdan 8 tasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini yaxshilagan, 2 ta indikatorda o‘zgarish kuzatilmagan, yana 2 tasida esa ozgina pasayish qayd etilgan. Umuman olganda, bu holat tarkibiy islohotlar ijobiy sur’atda kechayotganini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini baholash yo‘nalishida soliq yuki 95 ball, davlat xarajatlari 73,7 ball, davlat moliyasining barqarorligi esa 79,9 ballni tashkil etdi. Barcha ko‘rsatkichlar jahon o‘rtacha darajasidan yuqori his
oblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
16
🔥 14
😍 12
👍 11
🤩 10
2 22.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram