Oʻzbekistonga koʻchib yuruvchi turlarni asrashga qoʻshgan hissasi uchun faxriy maqom berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi delegatsiyasi 23-mart kuni Braziliyaning Kampo-Grande shahrida boʻlib oʻtgan Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya tomonlarining 15-konferensiyasi (CMS COP15) ochilish marosimida ishtirok etdi. Konferensiyada Konvensiyaning amaldagi raisi sifatida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi oʻz raisligini rasman Braziliya Federativ Respublikasiga topshirdi
.
Shuningdek, Xalqaro hamjamiyat tomonidan berilgan alohida e’tirof sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga "Migratory Species Champion Plus" ("Ko‘chib yuruvchi turlarni asrash bo‘yicha chempion plus") maqomi berildi.
Ushbu maqom O‘zbekistonga 2026–2028-yillarda ko‘chib yuruvchi turlarni noqonuniy olib ketishga qarshi huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash va global harakatlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun topshirildi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram