22-mart — "Butunjahon suv kuni"
Suv — tirikligimiz manbai, yer yuzidagi barcha jonzot, hayvonot va o‘simliklarning mavjudligi uchun asosiy resursdir. Suvsiz hayotimizni, atrof-muhitni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamiki borliq suv bilan chambarchas bog‘liq
.
�� Har yili
22-mart sanasida
dunyo bo‘ylab "Butunjahon suv kuni" keng nishonlanadi. Bu kunning nishonlanishi dunyo aholisini
suvdan oqilona foydalanishga, suv resurslarini asrab-avaylashga chaqirish hamda
suvning hayotimiz, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun qanchalik muhim ekanligini yana bir bor anglatishdan iborat.
Zero, bugun butun yer yuzida toza ichimlik suvi katta muammoga aylanmoqda.
�
"Butunjahon suv kuni" esa hayot manbai bo‘lgan
suvni asrash va
undan unumli foydalanishga, eng muhimi,
har birimizning bu boradagi mas’uliyatimizni yanada teran anglashimizga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
�� Suvni asrash — kelajakni asrashdir!..
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram