22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni!”
Davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani ushbu soha vakillari zimmasidagi mas’uliyat naqadar yuksak, mahalla instituti esa davlatchiligimizning tayanch ustuni ekanligidan dalolatdir.
Aziz soha xodimlari! Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman! Mahalla — bu shunchaki yashash joyi emas. Bu yerda bizning
milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz ardoqlanadi. Bu yerda
yoshlarimiz vatanparvarlik, kattalarga hurmat va bir-biriga g‘amxo‘rlik ruhida voyaga yetadi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolaman. Yurtimiz tinch, mahallalarimiz obod va fayzli bo‘lsin!
Hurmat bilan �
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va �
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Sattarov Xayrulla Fayzullayevich
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram