avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
21.03.2026 09:52
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni tabrikladi.

Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt
olib kelsin!”,
– dedi davlatimiz rahbari.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring
:
Telegram Facebook Instagram
👍 15
💯 13
😍 10
🎉 9
🔥 6
2 24.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram