avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
18.03.2026 17:40
emoji Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–99-son, 13.03.2026 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki 2026 yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan bank filiallarida agroxizmat zonalarini tashkil etadi. Agrobank zimmasiga qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yangi zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
sun’iy intellekt, masofadan monitoring va “big-data” texnologiyalari asosida bank hamda qishloq xo‘jaligiga oid xizmatlarni ish
lab chiqish.

Ekin maydonlari to‘g‘risida kosmik, ob-havo, o‘simliklar rivojlanishi holati bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini markazlashgan holda tahlil qilish maqsadida Qishloq xo‘jaligi monitoring markazi tashkil qilinadi. Agrobank orqali aholi xonadonlari, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga anjir, xurmo, olma va nok mahsulotlarini yetishtirish uchun yillik 18 foiz stavkada 24 oylik imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga kreditlar ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
🤩 19
💯 13
🔥 11
🥰 11
9
3 29.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram