O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlarining maqomi belgilandi
Hukumat qarori (106-son, 16.03.2026 y.) bilan “O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlan
di.

Nizom
O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlarining maqomi, turlari, ro‘yxatini shakllantirish hamda
hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi. Nizomga ko‘ra,
O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
▫️ biologik;
▫️ geologik;
▫️ gidrologik;
▫️ paleontologik.

Taklif etuvchi
tabiiy ob’yektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni vakolatli organning hududiy bo‘linmasiga taqdim qiladi. Taklifga quyidagilar
ilova qilinadi:
▪️ tabiiy ob’yekt to‘g‘risida ma’lumotnoma;
▪️ uning geolokatsiyasi;
▪️ foto va video tasvirlar.
Taklif 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Hududiy bo‘linma tabiiy ob’yektning belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqib, natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzadi. Vakolatli organ hududiy bo‘linma tomonidan yuborilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, tabiiy ob’yektni vakolatli organning buyrug‘i asosida O‘zbekiston milliy tabiiy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kirit
adi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram