O‘zbekistonlik olimlar havo va suvni tozalovchi o‘ta yengil material yaratdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari birgalikda yangi turdagi gibrid aerogel yaratishdi. U nanotsellyuloza deb ataladigan, qayta tiklanadigan va ekologik toza xomashyo asosida tayyorlangan. Ya’ni, bu material tabiatga zarar
qilmaydi. U:
Havoni tozalaydi: Aerogel havodagi zararli CO₂ gazini ushlab qolishga qodir.
Suvni tozalaydi: Suvdan og‘ir metall ionlari va zararli bo‘yoqlarni samarali tarzda ajratib oladi.

Yangi material
boshqa sohalarda ham qo‘llanishi mumkin. Xususan, u
qurilishda samarali issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi, past issiqlik o‘tkazuvchanligi sabab
binolarda energiya yo‘qotilishini kamaytiradi. Bundan tashqari,
aerogelning nanog‘ovak tuzilmasi tovush to‘lqinlarini yutish xususiyatiga ega bo‘lib,
binolarda akustik qulaylikni ta’minlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
�
Telegram
�
Facebook
�
Instagram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram