avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
13.03.2026 12:12
Ipoteka kreditlari subsidiyasi uchun arizalar 16-martdan qabul qilina boshlaydi

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar 2026-yil 16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab qabul qilina boshlaydi.

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra kamida 30 ball to‘plashi kerak. Shuningdek, uning kredit tarixi subsidiyali ipoteka kreditlari dasturida ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.

Bundan tashqari, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika hududida mulk huquqi asosida turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim. Ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi ham belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi kerak.

Subsidiya olish uchun arizani davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilib, myGov mobil ilovasi orqali yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. Harbiy tuzilmalar xodimlari esa arizani davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda t
opshiradi.

Ariza topshirish jarayonida OneID tizimida tijorat banklariga kredit tarixini baholash uchun ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak.

Subsidiya ajratish dasturida Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, Biznesni rivojlantirish banki, Hamkorbank, Ipak yo‘li banki, Ipotekabank, Mikrokreditbank, Orient Finans banki, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, O‘zmilliybank hamda O‘zsanoatqurilishbank ishtirok etmo
qda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring
:
Telegram Facebook Instagram
👍 26
🔥 16
🎉 13
💯 10
👏 3
23 23.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram