#Jarayon
Samarqandda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Z. Amonov Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida viloyatda chorvachilik sohasini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda yaylovlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar chorva bosh sonini oshirish, mahsuldorlikni ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda sohada investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Bizni kuzatib boring Web site ✅Facebook* Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram