25.04.2026 14:45
#tadbir

“Xalqaro veterinariya kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Z.Amonov so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilariga Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Sh. Djabbarovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng veterinariya sohasida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar alohida e’tirof etildi.
Faol va tashabbuskor xodimlarga “Tashakkurnoma”lar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida soha rivoji, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mazkur tadbir soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, ularni yanada rag‘batlantirish, kasbiy faolligini oshirish hamda kelgusida yanada samarali faoliyat yuritishlariga turtki berish maqsadida tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz


Bizni kuzatib boring Web site Facebook* Instagram*
8 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

VETLEGNEWS

5.4K
Ветеринария медицинаси ва чорвачиликка оид янгиликлар ва бошқа маълумотлар ҳақида Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш Давлат қўмитасининг "VETLEGNEWS" расмий каналида танишиб боринг.

Савол ва мурожаатлар юбориш учун
👉 @vetlegnewsbot
Открыть в Telegram