25.04.2026 14:44
Assalomu alaykum hurmatli Veterinariya sohasi xodimlari!

Sizlarni Xalqaro veterinariya assotsiatsiyasi hamda Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkiloti tashabbusi 2000-yildan buyon nishonlanib kelayotgan "Xalqaro veterinariya kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Veterinariya sohasi xodimlarining fidokorona mehnatiga yuksak eʼtirof etilib keng nishonlanib kelinmoqda.

Veterinariya xizmati — jamiyat salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim soha hisoblanadi.

Sizlar ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirish, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Sizlarga ushbu kunda mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-farovonlik, inson salomatligi, xalq farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shaptakov Erkin Suyunovich,
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy -tadqiqot instituti direktori, professor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz


Bizni kuzatib boring Web site Facebook* Instagram*
11 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

VETLEGNEWS

5.4K
Ветеринария медицинаси ва чорвачиликка оид янгиликлар ва бошқа маълумотлар ҳақида Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш Давлат қўмитасининг "VETLEGNEWS" расмий каналида танишиб боринг.

Савол ва мурожаатлар юбориш учун
👉 @vetlegnewsbot
Открыть в Telegram